Peres: Mourinyo “Real”ning sifatli katta qadam tashlashiga ko'maklashdi

9 iyul 2013, 11:29
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres, klubning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyoning klubda amalga oshirgan ishlarini maqtadi, deb xabar beradi ispan OAV.

“Qirollik klubi” perzidentining fikricha, jamoa portugaliyalik murabbbiy davrida katta muvafaqqiyatlarga erishgan va etarlicha rivojlangan.

“Mourinyu “Real”ga sifatli katta qadam tashlashiga yordam berdi. Bizlar ancha yillardan beri Chempionalar Ligasining 1/8 finalidan o'ta olmay kelayotgan edik. Mourinyo bilan esa yarim finalgacha 3 marotaba yetib bordik. Bizlarga faqatgina chempionlar Ligasida g'alaba etishmadi xolos”, - deya ta'kidladi Peres.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo endilikda Londonning "Chelsi" klubida faoliyat olib boradi.


Manba: championat.com