Peres Lopetegi bilan uning kelajagini muhokama qilib oldi

Mirjalol Normatov
5 okt 2018
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Tribalfootball xabariga ko'ra, prezident mutaxassis bilan birgalikda uning kelajagini muhokama qilib olgan.

Tasdiqlanishicha, Peres Lopetegiga ishonishini va yaqin vaqtlarda iste'foga chiqmasligini aytib o'tgan. Unga ko'proq vaqt berilishini ham ma'lum qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribalfootball