Peres ananasidan chekinib, Ramos va Modrichga shartnoma taklif qildi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 12:13
"Real" rahbariyati bir necha futbolchilarni tarkibda olib qolmoqchi.

Rahbariyat ilk navbatda himoyachi Serxio Ramos hamda xavbek Luka Modrichga yangi shartnoma tayyorlamoqda. Ikki futbolchi bilan kelishuv kelasi yili yozda yakunlanadi. Yanvar oyidan ular shartnoma borasida muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. O'z navbatida "Real" prezidenti Florentino Peres ham ularga yangi shartnoma taklif qilinishini aytgan.

Peres ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning talabini inobatga olmoqda. Chunki u o'z vaqtida 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan klub shartnomani uzaytirmasligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca