Pep Gvardiola MYUning bo'lajak bosh murabbiyi haqida gapirdi

Administrator
30 okt 2024, 21:25
Murabbiy Ruben Amorimning faoliyatga ijobiy baho berdi.

"Manchester Yunayted" klubi tez orada Ruben Amorimni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtiradi. "Man Siti" klubi ustozi Pep Gvardiola ushbu murabbiy haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Rubenning "Sporting"iga qarshi tajribamiz ajoyib bo'lgandi. Mates Nunes bilan suhbatlashdim, u murabbiyning imkoniyatlarini yuqori baholadi. 

Ushbu mavsum Amorim milliy chempionatda biror marta mag'lub bo'lmadi. Yevropa Chempionlar Ligasida uning jamoasi biz bilan bir xil ochko to'plagan", -deydi Pep Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/FabrizioRomano