Pep Gvardiola: Finalga chiqish uchun xohishning o'zi kamlik qiladi

Alisher
17 may 2023, 09:37
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL yarimfinal javob o'yini doirasidagi Realga qarshi bahsdan oldin fikrlarini bildirdi.

Real - Chempionlar ligasidagi eng kuchli raqib. Bu bahs biz uchun chaqiruv va buni qabul qilamiz.

Hozir o'yin uchun qulay vaqtmi? Ha, biz yaxshi o'yin namoyish etyapmiz, Angliya kubogi finaliga chiqdik, Premer-ligada g'olib bo'lishimiz uchun bitta g'alaba qoldi. Ammo Chempionlar ligasida finalga chiqish uchun Madriddagi bahsdan ham ko'ra yaxshiroq o'ynashimiz talab etiladi. Finalga chiqish uchun xohishning o'zi kamlik qiladi, - deydi Pep Gvardiola.

Madriddagi dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Javob bahsi bugun Manchestyerda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com