Penalti bormidi? To'pga qo'li tekkan Marseloning o'zi bu haqda fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2018, 10:27
"Real" hamda "Bavariya" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvining (2:2) birinchi bo'limida "Qirollik klubi" himoyachisi Marselo to'pni qo'li bilan qaytardi.

O'sha vaziyatda braziliyalik futbolchi o'z jarima maydonchasi ichida edi, ammo hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatmadi. Marselo bu vaziyat borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Ha, to'p qo'limga tegdi. Bu penaltimi? Menimcha, ha" - deydi Marselo jurnalistlar bilan suhbatda.

Ushbu vaziyat aks etgan videoni kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: VIDEO

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com