Pele: "Kuningizning bir daqiqasini menga ijobiy energiya taqdim etish uchun sarflaganingiz uchun katta rahmat!"

Sherzod Nurmatov
16 sen 2021, 19:40
Afsonaviy futbolchi Pele sog'lig'i haqida fikr bildirdi va muxlislarga qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.

80 yoshli braziliyalik yo'g'on ichagidagi o'smani olib tashlash uchun operaciya qilingandi.

"Do'stlar, bu xabar har biringiz uchun. Men minglab mehrli xatlarni o'qimaganman deb o'ylamang. Kuningizning bir daqiqasini menga ijobiy energiya taqdim etish uchun sarflaganingiz uchun katta rahmat! Sevgi, sevgi va yana bir bor sevgi!

Men reanimaciya bo'limidan chiqib, o'z xonamdaman. Tez orada birga bo'lamiz ", – deb yozdi Pele.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/pele