Pele JCH-2018dagi favoritni aytdi

Tolibjon Qosimov
24 fev 2018, 19:05
Uch karra Jahon chempioni Pele Braziliya terma jamoasining JCH-2018dagi imkoniyati haqida gapirdi.

"Braziliya har doim sovrinlar uchun kurashadigan terma jamoa bo'lib qolaveradi. So'nggi vaqtlarda bizga tayyorgarlik uchun vaqt yetishmayapti. Terma jamoaning katta qismi horij chempionatlarida to'p tepadi.

Bunday holatlarda jamoaning o'yin sifatida katta muammolar ko'zga tashlanadi. Hech qachon osongina "Jamoa mana shunday bo'ladi" deb aytib bo'lmaydi. Biroq men uchun Braziliya termasi sayyoradagi eng kuchlisi bo'lib qolaveradi.

Albatta, Braziliya - favorit! Agarda terma a'zolariga musobaqaga tayyorlanish uchun etarlicha vaqt berilsa, ular albatta Jahon chempioni bo'lishadi", - dedi Pele.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com