Pekerman 2006 yilgi JCHda Messi nega asosiy tarkibga kiritilmaganini aytdi

25 may 2020, 23:58
Argentina terma jamoasining sobiq murabbiyi Xose Pekerman nima sababda 2006 yilgi JCHda Messi Argentina terma jamoasida asosiy tarkibga kiritilmaganligini izohladi.

"Har kim o'ylash va fikrlash huquqiga ega. Biz JCHga yo'l olganimizda Messi hali "Barsa"da asosiy tarkib o'yinchisi emasdi. Albatta, u haqda ko'p gap so'zlar bo'lgandi, ammo u klubida hali asosiy tarkibda maydonga tushmasdi. Shu bois men uni terma jamoada ham, klubdagi singari sabrli bo'lishini istagandim.

Men unga "ushbu terma jamoada ajoyib futbolchilar jamlanishgan. Bu jamoa ma'lum o'yin uslubiga ega, biz JCHga munosib hozirlik ko'rdik. Sen terma jamoaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shishing kerak. Ammo zaxira o'rindig'iga nazar solsang, u yerda qanday mahoratli futbolchilar borligini ko'rasan. Maydonga tushish uchun berilgan imkoniyatdan unumli foydalan" degandim. Yakunda u hammasini to'g'ri tushungandi", deydi Pekerman.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2006 musobaqada beshta uchrashuv o'tkazgandi. Ular chorak finalda Germaniya terma jamoasiga mag'lub bo'lib, musobaqa bilan xayrlashishgandi. Messi esa o'shanda bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport