Pedri: "Messi - tarixdagi eng zo'ri"

Mirjalol Normatov
24 dek 2022, 19:11
"Barselona" futbolchisi Pedri PSJ hujumchisi Leo Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi.

"Men uchun u tarixdagi eng yaxshi futbolchi. U haqida gapirish ham shart emas, chunki barcha ko'p gapirib bo'lgan.

Oldingi intervyularimda ham aytgandim, agar Ispaniya termasi jahon chempioni bo'la olmasa, sovrinni Argentina olishini istardim.

Leo bunga haqli edi. Shuningdek, Messi bilan birga o'ynaganimdan baxtliman", - dedi Pedri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Catalunya Radio