Oliy liganing kechroq, 15 martda boshlanishi va 14 nafar futbolchining Ummondagi Osiyo chempionatida ishtirok etishi tufayli reja o'zgartirildi. Asosiy tarkib a'zolari jam bo'lgach, yanvar oyi oxirida Turkiyada yig'in tashkil qilinadi. U yerdan qaytib kelgach, bir necha kun Toshkentda bo'lib, keyin yana Turkiyaga jo'nab ketiladi.
Demak, Turkiyada ikki bor yig'in o'tkaziladi. Yanvar oxirigacha tayyorgarlik Toshkent va Qibrayda davom ettiriladi. Bugun ertalab "Paxtakor" futbolchilari "Yoshlik" sport majmuasida jismoniy testlardan o'tishdi. Kechki mashg'ulotlar esa basseynda o'tkazilishi belgilangan. Ertangi mashg'ulot dastlab bazada, keyin "NBU-Osiyo" trenajyor zalida bo'lib o'tadi.