Qrimda o'ynagan o'zbekistonlik hujumchi "Paxtakor" safida ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2021, 17:29
Toshkentning "Paxtakor" klubi mavsumning ikkinchi qismidan oldin o'z safiga hujumchi qo'shib olmoqchi.

Shveytsariyalik Eren Derdiyok jamoani tark etgan hujumda muammolar paydo bo'ldi. Qanotda o'ynaydigan Sherzod Temirov majburan markaziy hujumda o'ynamoqda. Zaxirada yosh Po'latxo'ja Xoldorxonov qolgan xolos.

Jamoa ayni paytda Igor Sergeevni qaytarish bo'yicha ish olib bormoqda.

Bundan tashqari "sherlar" tarkibida asli o'zbekistonlik hujumchi Vladislav Aleksin ko'rikdan o'tmoqda. Aleksin "Qizilqum", "Dinamo", "Norin" va "Navbahor" klublarida o'ynagan. Rossiyada "Avangard" va KAMAZ safida to'p tepgan. So'nggi yillarni hamyurtimiz Qrimda o'tkazdi. U "Kafa", "Inkomsport" va "Qrimteplica" kabi klublarda to'p tepdi. Agar hujumchining harakatlari maqul kelsa, Aleksin ikkinchi davrani "Paxtakor" safida boshlaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia