“Paxtakor” yoshlari “Verona”ga yirik hisobda yutqazishdi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2015, 10:18
Italiyaning Viarejjio shaharchasida davom etayotgan ananaviy “Viareggio Cup-2015” turnirida guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan “Paxtakor” yoshlar jamoasi guruhning uchinchi o'yinida yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

“Paxtakor” yoshlari “Verona”ga yirik hisobda yutqazishdiBu safar yosh “sherlar” Italiyaning “Verona” klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchchala gol ham 1-bo'limda kiritildi. Guruhning ikkinchi o'yinida esa “Napoli” klubi AQSHning “L.I.A.S. Nyu-York” jamoasidan Jirardining yagona goli evaziga ustun kelishdi. Guruhda bir g'alaba va ikki mag'lubiyat qayd etgan “Paxtakor” jamoasi 3-o'rin bilan kifoyalandi.  

PAXTAKOR – VERONA 0-3
Gollar:
Kappelluzzo 21, 28, Miketich 35
Bosh hakam – Agro Di Terni
“Benelli” stadioni

NAPOLI – “L.I.A.S. Nyu-York” 1-0
Gol:
Jirardi, 19
Bosh hakam – Kampana Di Seregno
“Ji Bui” stadioni


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com