"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2015, 15:30
Chempionat yakunlanganidan so'ng tatilga chiqqan jamoamiz 20 dekabrdan yangi mavsumga tayorgarlikni boshladi.

Kecha 20 dekabr kuni murabbiylar shtabi boshchiligida mavsum oldi birinchi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Ushbu mashg'ulotlarda olimpiya terma jamoasi bilan BAAda yig'in o'tkazayotgan futbolchilardan tashqari barcha o'yinchilar qatnashishdi. Mashg'ulotlar 29 dekabrga qadar davom etadi. Bugun futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tadilar. 28 dekabr kuni Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubiga qarshi nazorat bahsi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. O'yin jamoamizning Qibraydagi bazasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz