"Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi Toshkentda o'tkazilgan oxirgi besh o'yinda naq 32 ta sariq kartochka ko'rsatilgan

Sherzod Nurmatov
30 avg 2024, 15:47
Bugun "Paxtakor" O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasida "Navbahor" bilan kuch sinashadi.

Mazkur to'qnashuv oldidan O'zFHM matbuot xizmati mazkur jamoalar o'rtasidagi Toshkentda o'tkazilgan oxirgi 5 bellashuvda kimlar bosh hakamlik qilganini eslashga qaror qildi. 

27.02.2020. "Paxtakor" 2:1 "Navbahor" / Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (11 sariq kartochka ko'rsatgan, mehmonlar vakili I. Isoqjonovni va mezbonlar a'zosi Y.Krimetsni maydondan chetlatgan).

15.09.2021. "Paxtakor" 0:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Zokir Qodirov (4 ta sariq kartochka ko'rsatgan).

01.04.2022. "Paxtakor" 1:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev (5 ta sariq kartochka ko'rsatgan).

17.03.2023. "Paxtakor" 2:1 "Navbahor" / Bosh hakam: Vadim Agishev (8 ta kartochka ko'rsatgan, mehmonlar vakili D.Hoshimovni maydondan chetlatgan va namanganliklar foydasiga 2 ta penalti belgilagan).

16.06.2024. "Paxtakor" 0:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov (5 ta sariq kartochka ko'rsatgan).



Umumiy hisoblaganda, mazkur 5 bahsda jami 32 ta sariq kartochka ko'rsatilgan. Bu har bir o'yinga o'rtacha 6,4 tadan kartochka to'g'ri keladi degani. Shuningdek, hakamlar ushbu 5 to'qnashuvda 3 ta qizil kartochka ko'rsatgan va 2 bor penalti belgilagan.

Ma'lumot o'rnida, bugun bu klublar o'rtasidagi to'qnashuvni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази