
Ikkinchi turda Tojikiston terma jamoasi bilan to'qnash kelgan Jasur Abduraimov shogirdlari raqibni 7:0 hisobida tor-mor keltirdilar. Ko'chimov va Yusupovning dubli, Davlatjonov, Nurullaev hamda Karayning gollari ushbu yirik yutuqni keltirdi. Rossiya terma jamoasi Belarusni mag'lub etgach, "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari va Rossiya terma jamoasi yarim final yo'llanmasini naqd qilib qo'yishdi. Bu jamoalar ertaga guruh g'olibini aniqlash uchun maydonga tushishadi.