"Paxtakor" O'zbekiston terma jamoasi a'zosini transfer qiladi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2019, 14:27
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasi a'zosi Abror Ismoilovni o'z tarkibiga qo'shib oladi.

Ayni damda "Surxon" jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Abror Ismoilov kelasi mavsumdan "Paxtakor" a'zosiga aylanadi. "Surxon" bilan shartnomasi tugayotgan futbolchi "sherlar" bilan kelishuvga erishgan. 

Ismoilov 9 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida debyut qilgan va o'sha bahsda Igor Sergeevga golli uzatmani amalga oshirgandi. 

1998 yilda tug'ilgan futbolchi ayni paytda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga Dubaydagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia