"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi "Surxon"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022, 19:00
Bu haqda termizliklar matbuot xizmati xabar berdi.

"Surxon" vice-prezidenti Jahongir Usmanov ma'lumotiga ko'ra, jamoa o'z safiga Azizxon Isaqovni qo'shib olgan.

Ma'lumot uchun, Isaqov 2000 yil 23 dekabrda tug'ilgan. U "Paxtakor" tarbiyanaluvchisi hisoblanadi", – deyiladi klub rasmiy xabarida.

Darvozabon joriy mavsum U-21 chempionatida 7 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 12 ta to'p olib chiqqan.

Avvalroq yosh posbon ikkinchi davrani "Surxon"da o'tkazishi haqida xabar bergan edik.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати