"Paxtakor" Sharjaga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2016, 11:40
Bugun, 10 yanvar kuni "Paxtakor" jamoasi BAAning Sharja amirligiga xorij yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketdi.

"Sherlar" ikki hafta mobaynida o'sha yerda shug'ullanishadi va bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi. Olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar Qatarda o'tadigan Osiyo Kubogidan keyin safga qo'shilishadi.

Ma'lumot uchun, jamoa himoyachisi Kamoliddin Tojiev ham Sharjaga uchib ketdi. Futbolchi xorijdan taklif tushsa faoliyatini o'sha klubda davom ettirishini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia