"Paxtakor" rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2019
"Paxtakor" futbol klubida 5 fevral kuni PFL tomonidan chiqarilgan qaror asosida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va xodimlar ishtirok etishdi. 5 fevral kuni futbolchi Aziz Turg'unboev masalasi bo'yicha chiqarilgan qaror tufayli tashkil etilgan yig'ilishda futbolchilarning o'tishi va maqomi borasida umumiy qoidalarga rioya etish, reglamentdagi bazi jihatlar xususida so'z yuritildi. Yig'ilishda qatnashgan barchaga O'FA va PFL reglamenti, qoidalariga amal ko'rib ish tutish lozimligi yana bir bor eslatib o'tildi.

O'FA tomonidan 6 oyga diskvalifikaciya qilingan Jafar Irismetov o'rniga sport direktori lavozimida "Paxtakor" texnik direktori Sobir Xodiev faoliyat olib boradi.

"Paxtakor" futbol klubi hamisha O'FA va PFL qoidalari, reglamentiga mos ish ko'radi, ushbu tashkilotlar qarorlariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz