"Paxtakor" - "Qizilqum" o'yinidan keyingi murabbiylar fikrlari

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 21:17
"Paxtakor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Murod Ismoilov, Paxtakor bosh murabbiyi: Bugun raqibimizning himoyada harakat qilishini bilgan holda maydonga tushgandik. O'yin davomida mehmonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun bir necha qulay imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Ularning faqat bittasidan unumli foydalanish nasib qildi. Bu borada ko'rsatkichlarni yaxshilashimiz shart. Keyingi o'yinlar arafasida shunga e'tibor qaratamiz.

Yuriy Lukin, Qizilqum bosh murabbiyi: Himoyada bexato o'ynashni mo'ljallagandik. Birinchi taymda ilk va 38-daqiqada qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda esa qanotlardan yorib kirish orqali mezbonlar keskin vaziyatlarni sodir etishdi. Jamoamizga ozgina vaqt kerak. Mahorat yetishmayotganini ham inkor etmayman. Oliy ligada o'rnimizni saqlab qolish uchun oxirigacha kurashamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz