"Paxtakor": "Qizilqum" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2017, 10:23
Turkiyadan qaytib kelgach, ikki kun dam olgan futbolchilar kechadan yana mashg'ulotlarga qaytishdi.

O'yinchilar dastlab engil mashqlarni bajarib olgach, so'ng Shota Arveladze va murabbiylar shtabining maxsus ko'rsatmalari asosida ishlashdi. Unda o'yindagi turli holatlar, standart vaziyatlar va futbolchilarning alohida imkoniyatlarini o'stirish borasida mashqlar bajarildi. Asosiy tarkibning barcha a'zolari mashg'ulotda ishtirok etishdi. Shu tariqa 6 avgust kuni "Qizilqum" bilan o'tadigan 16-tur uchrashuviga tayyorgarlik boshlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz