"Paxtakor" O'zbekiston chempionatida 2000-golini urdi

Оқил Абдубарноев
4 iyul 2022, 21:13
"Metallurg" bilan uchrashuvda Aziz Turg'unboev kiritgan to'p "Sherlar"ning O'zbekiston chempionatidagi 2000-goliga aylandi.

"Sherlar"ning O'zbekiston chempionatidagi ilk golini Oleg Sinelobov 1992 yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa Shuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ulug'bek Ro'zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiev va Aleksandr Geynrix ham shunday natijaga erishgan. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani e'tiborga molik. 2005 yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunday natijaga muvaffaq bo'lgan. Marat Bikmaev "Andijon" bilan bahsda 1800-to'pni kiritgandi. "Buxoro" bilan bahsda 2020 yil Igor Sergeev 1900-to'pni kiritgan. Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda esa Aziz Turg'unboev 2000-gol muallifiga aylandi.

Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing. 

1 - Oleg Sinelobov

100 - Shuhrat Maqsudov

200 - Ulug'bek Ro'zimov 

300 - Ulug'bek Ro'zimov 

400 - Samad Narziqulov

500 - Igor Shkvirin

600 - Soli Qurbonov

700 - Leonid Koshelev 

800 - Server Jeparov 

900 - Zayniddin Tojiev 

1000 - Aleksandr Geynrix 

1100 - Ixeruome Uche

1200 - Zayniddin Tojiev 

1300 - Aleksandr Geynrix 

1400 - Sherzod Karimov 

1500 - Oybek Qilichev 

1600 - Stanislav Andreev 

1700 - Igor Sergeev

1800 - Marat Bikmaev

1900 - Igor Sergeev

2000 - Aziz Turg'unboev

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia