"Paxtakor" OCHL antirekordini qayd etdi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2022
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi kecha Osiyo chempionlar ligasi 5-turida "Sepaxon"ga mag'lub bo'ldi (1:2).

Ushbu mag'lubiyatdan keyin "sherlar"ning guruhdan chiqa olmasligi oydinlashdi. Shunday qilib, "Paxtakor" o'z tarixida 12-marta Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida qolib ketdi va musobaqa antirekordini qayd etdi.

Toshkent klubi 17-marta musobaqa guruh bosqichida o'ynaganini eslatib o'tamiz. Bu borada "Paxtakor" "Al Hilol" bilan birga OCHL rekordchisi hisoblanadi.
 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia