

Ayni kunlarda mashg'ulotlar "Yoshlik" sport zali futbol maydonida o'tkazilyapti. No'mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi asosiy e'tiborni tatildan qaytgan futbolchilarning jismoniy holatini tiklash va yaxshilashga qaratgan. Dastlab turli mashqlarni bajarayotgan o'yinchilar keyin jamoalarga bo'lingan holda qisqa vaqt futzal o'ynab, to'p bilan ishlashga o'tishmoqda. Toshkentdagi birinchi yig'in 28 dekabr kuni "Olmaliq" bilan o'tadigan nazorat uchrashuvidan keyin yakuniga etadi. Yanvar boshida yana Toshkentda yig'iladigan jamoamiz 10 yanvarda BAAga birinchi xorij yig'inini o'tkazish uchun yo'l oladi.



