

"Qayrat" klubi vakillari tomonidan do'stona ravishda Olma-Ota shahri aeroportida "Paxtakor" delegaciyasi kutib olindi. Mehmonxonaga joylashilgach, kun davomida "Qayrat" futbol akademiyasi va jamoa bazasiga kichik sayohat uyushtirildi. Kvochkin, Pexlevanidi va Segizboev nomidagi akademiyalarda bolalarning futbol bilan shug'ullanish uchun yaratilgan sharoitlar faxriylarimizda iliq taassurot qoldirdi.
Shundan so'ng shahar chetida joylashgan Besagash bazasiga tashrif buyurildi. Bu yerda asosiy va yoshlar jamoasi uchun jahon talablariga mos tarzda muhayyo etilgan sharoitlar haqida ma'lumot berildi. Aytish mumkinki, "Qayrat" bu borada Yevropaning istalgan grandi bilan bellasha oladi.
"Qayrat" futbol klubining 65 yilligiga bag'ishlangan "Qayrat" va "Paxtakor" faxriylari ishtirokidagi uchrashuv 7 sentyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da Olma-Otadagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.







