

Mamlakat kubogi yarim final birinchi uchrashuvi doirasidagi “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, poytaxt derbisini Viktor Serazetdinov boshchiligidagi toshkentlik hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Serazetdinov faoliyati mobaynida bungacha “qaldirg'ochlar” ishtirokidagi 9ta uchrashuvda bosh hakamlik qiladi.
O'zbekiston kubogi-2015
Yarim final. Birinchi uchrashuv
10 avgust, chorshanba
“Paxtakor” markaziy stadioni. 19:00
“PAXTAKOR” – “BUNYODKOR”
Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Sapenko (Yangiyo'l)
Zaxira hakami: Murod Muhammedov (Bekobod)
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent)



