

Jamoa bilan birga 60ga yaqin muxlis Toshkentdan Doxaga uchib bordi. Ular 30 yanvar kungi bahsda "sherlar"ni qo'llab-quvvatlashga tayyorlar.
O'zbek futboli afonalari Birodar Abduraimov, Ahrol Inoyatov, "Paxtakor" stadioni direktori Sanjar Mansurov, Zabihillo O'rinboevning dadasi Baxtiyor Mahkamov ham muxlislar orasida bor va ular ham jamoaning g'alabasini kutishmoqda.
Doxaga yetib kelgan muxlislarga "Paxtakor" muxlislar klubi yetakchisi Ilhom Yakubbekov boshchilik qilmoqda.
Ulug'bek Mirzaev Doxadan maxsus










