

Abu Dabidagi “Marriott Forsan” mehmonxonasida istiqomat qiladigan “Paxtakor” yig'inga 24 nafar futbolchi bilan yo'l oldi. Darvozabon Eldorbek Suyunov jarohati sababli operaciyadan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazadi va yig'inda ishtirok etmaydi.
“Paxtakor” 28 yanvar kuni Daniyaning “Brondbyu”, 4 fevralda Shvetsiyaning “Erebro” jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.



