"Paxtakor" 7 o'yin deganda Superligada "Nasaf"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
20 noya 2025, 23:37
Bugun Superligada 29-tur o'yinlari davom ettirildi.

Kun doirasidagi markaziy bahsda "Paxtakor" o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi, 1:0. Shu orqali "sherlar" mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida 2-o'ringa chiqib oldi.

Umuman olganda "Paxtakor" Ro'ziqul Berdiev shogirlarini so'nggi 7 o'yinda mag'lub eta olmayotgandi. Shu davr mobaynida 4 durang va "Nasaf"ning 3 g'alabasi kuzatilgan, "sherlar"ning chempionatda "Nasaf" ustidan qozongan so'nggi g'alabasi esa 2021 yilning 6 avgustida qayd etilgan. O'shanda ham "Paxtakor" bir gol evaziga g'olib bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia