Pavar: “G'alabaga chanqoqman”

14 iyul 2019, 08:15
“Bavariya” himoyachisi Benjamen Pavar Myunxen klubiga o'tishiga izoh berdi.

Francuz futbolchisi 1 iyuldan yangi jamoasiga kelib qo'shildi va jamoa bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.

“Men g'alabaga chanqoqman, “Bavariya” bilan ko'plab sovrinlarni yutmoqchiman. Oldimga faqat katta maqsadlarni qo'yganman. Shu sababi aynan Myunxenga ko'chib keldim. “Bavariya” men uchun eng to'g'ri tanlov” deya Pavarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bavariya” matbuot xizmati.

Ilgariroq “Barselona” Pavarni qo'lga kiritishga harakat qilganligi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo “Shtutgart” futbolchi uchun 35 million evrodan ko'proq mablag'a so'ragach, ko'k-anorranglilar bu transfyerdan voz kechishgandi.

Pavar 2016 yildan buyon “Shutgart” sharafini himoya qilib kelgan. Ungacha esa u “Lill” tarkibida to'p tepgan. O'tgan yili yozda Pavar Fransiya termasi safida Jahon chempionligiga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Бавария" ФК расмий сайти