Paulino "Tottexem"ga o'tishini tasdiqladi

2 iyul 2013, 11:08
Braziliyalik yarim himoyachi Paulino 17 million funt evaziga "Tottenxem" a'zosiga aylanadi. Bu haqida Angliyaning The Guardian nashri xabar bermoqda.

24 yoshli futbolchi "Uayt Xart Leyn"ga qisqa muddatli tatilidan so'ng yetib keladi.

"Jiddiy qiziqishlar Milanning "Inter" hamda Londonning "Tottenxem" klublaridan bo'lgandi. Biroq rasmiy taklif  bilan faqat "Tottenxem" chiqdi. Taqlifni biz o'rganib chiqdik va qaror qabul qildik. Bunday katta klubga o'tish juda muhim qaror bo'ldi", deydi futbolchi The Guardian muxbiriga.

Paulino "Korintians" tarkibida 167 uchrashuvda maydonga tushib, 34 golga mualliflik qilgan.  


Manba: guardian.co.uk