Paulino "Barselona"ni tark etadimi?

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Paulino yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin.

Braziliyalik borasida "Barselona"ga 50 mln evrolik taklif bilan chiqishgan. Biroq xaridor jamoaning nomi ma'lum qilinmayapti. Ushbu xabar Kataloniyada joylashgan "Mundo Deportivo" nashri tomonidan berilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Paulinoni 40 mln evro evaziga xarid qilgandi. O'tgan mavsumda u 9 gol urib, 3 golga assistentlik qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo