Patris Evra: "MYU Fransiyaning natijasini takrorlay oladi"

Tolibjon Qosimov
19 mar 2014
"Manchester Yunayted" himoyachisi Patris Evra YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi javob bahsidan oldin o'z fikrlarini bildirdi (birinchi o'yin 0:2).
"Albatta, Fransiya terma jamoasining Ukraina ustidan qozongan g'alabasi (3:0) MYU uchun namuna bo'lishi mumkin. Ukrainaga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishimizni kutmagandik, ammo ikki kun o'tgach hayajonni bosib olib yakunda g'olib bo'lgandik.

Shunday ekan, MYU buni takrorlay oladi. Bunday vaziyatga tushganman, tajribam bor. Jamoa bunga qodir. Chorshanba kuni tunda biz buni amalda ko'rsatishimiz kerak", – deydi Evra.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru