Patrik Kutrone: "Premer-ligada o'ynash bu fantastika"

Alisher
31 iyul 2019, 15:33
"Vulverxempton"ning yangi futbolchisi Patrik Kutrone Angliya premer-ligasi klubiga o'tganiga izoh berdi.

- Men juda ham baxtliman va jamoa uchun bor kuchimni berishga tayyorman. Premer-ligada o'ynash bu shunchaki fantastika. Yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", - deydi hujumchi.

21 yoshli hujumchi faoliyatini "Milan"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Hujumchi yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Klub futbolchi uchun Milan jamoasiga 16 million funt to'lab berdi.

Kutrone 2018 yildan buyon Italiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Wolves