Parij-2024. Ispaniya olimpiya o'yinlari finaliga chiqdi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2024
Marokash hamda Ispaniya terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan Olimpiada yarim final bahsi yakuniga etdi.

1/2 final


Marokash U-23 – Ispaniya U-23 1:2 LIVE

"Velodrom"

Gol: Rahimi 37 (pen.) - F. Lopes 66, Xuanlu 85.

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Glenn Niberg)

Qanotlarda: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

Marokash U-23 – Muhammadi, El Uaxdi, Bukamir (Mauxub, 88), Hakimi, El Azzuzi, Targallin, Richardson, Ben-Segir, Ezzalzuli, Ahomash, Rahimi.

Ispaniya U-23 – Tenas, Miranda (Migel Guterres, 62), Kubarsi, Erik Garsiya, Pubil (Xuanlu Sanches, 62), Aleks Baena (Omorodion, 90+2), Barrios (Bernabe, 62), Serxio Gomes, Lopes (Turrentes, 89), Oros, Abel Ruis.

Ogohlantirishlar: Tenas (37), Raimi (37), Lopes (67), Bernabe (72), Richardson (76).


Ushbu bahsni o'zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib borayotgan edi. Bosh hakam Ilgiz Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam berishayotgandi. O'yin boshida ikki jamoa futbolchilari o'rtasiagi to'qnashuvda Tantashev ham jarohat oldi. Bosh hakamga tibbiy yordam ko'rsatilishiga qaramasdan o'zbekistonlik referi uchrashuvni boshqara olmasligini ma'lum qildi. Uning o'rnini to'rtinchi hakam Glenn Niberg egalladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia