Parexo "Real" darvozasiga urilgan gol bekor qilingandan so'ng nima deb baqirdi?

Alisher
19 iyun 2020, 12:17
"Real" La Liga 29-tur doirasida "Valensiya"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Valensiya" sardori Dani Parexo 21-daqiqada VAR orqali Rodrigoning urgan golini bekor qilish ortidan bosh hakam Xose Mariya Sanches Martinesdan norozi bo'ldi.

"Har doim shunday, har doim shunday!" - deb baqirdi Parexo o'yin paytida.

Shunday qilib, sardor ketidan boshqa o'yinchilar ham noroziliklarini izhor etishdi, Serxio Ramos esa "Valensiya" o'yinchilaridan norozi bo'layotgan edi. Hakam "qaymoqranglilar" o'yinchisini tinchlantirishga harakat qildi.

"Bu menga ta’sir qilmaydi, Serxio, bu hech qanaqasiga menga ta’sir qilmaydi", - dedi hakam Serxio Ramosga.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia