Palinyaning "Bavariya"ga transferi muvaffaqiyatsiz tugadi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2023, 10:27
Futbolchi hatto Myunxenga uchib borgandi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Fulxem" Joau Palinyaning "Bavariya"ga o'tishiga to'sqinlik qildi. Portugaliyalik Myunxen klubida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishga muvaffaq bo'ldi va "dachaliklar" uni 65 million evroga sotishga tayyor edi.

Muammo shundaki, “Fulxem” Skott Maktomineyning transferi borasida kelisha olmadi. U Joau Palinya o'rnini egallashi kerak edi. "Fulxem" asosiy o'yinchisidan ayrilishni istamadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano