“Palermo” prezidenti Zamparini iste'foga chiqdi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2017, 00:10
Italiyaning “Palermo” klubi prezidenti Mauricio Zamparini iste'foga chiqqanligini ma'lum qildi.

“Yaqin 15 kun ichida klubga yangi prezident tayinlanadi. Tanishtiruv marosimi Palermoda tashkil etiladigan maxsus matbuot anjumanida o'tkaziladi.

Yangi prezident Anglo-Amerika jamg'armasi vakili hisoblanadi. U jamoaning yangi stadioni hamda sport markazini moliyalashtiradi. Bu loyiha 5 yilga mo'ljallangan”, - deb xabar bermoqda “Palermo” rasmiy sayti.


Eslatib o'tamiz, “Palermo” 26ta uchrashuvdan so'ng 15 ochko jamg'arib, A Seriyada 18-o'rinni egallab turibdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif