
Futbolchining jamoa bilan avvalgi kelishuvi 2018 yilning yozida yakunlanishi kerak edi. "Alaves"dagilar Pachekoning o'yinidan mamnun va uni uzoq muddatga olib qolishmoqchi. Ammo hammasi "Alaves"ga bog'liq emas, chunki "Real"da futbolchini yozda 4 mln. evro evaziga xarid qilish huquqi bor.
Pacheko 2015 yilning yozida "Alaves" safiga o'tgan. Shartnoma bo'yicha "Qirollik klubi" 2 yil ichida futbolchini belgilangan pulga qaytarib olishi mumkin.