Pablo Sabaleta Milnerni "Manchester Siti"da qolishini istamoqda
Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2015
"Manchester Siti" futbolchisi Pablo Sabaleta jamoadoshi Jeyms Milnerni "shaharliklar" safida qolishini istaydi.
Argentinalik futbolchining so'zlariga ko'ra, Milner juda yaxshi futbolchi va yaxshi inson. Shu sababli, u bilan yana birga to'p tepish istagida ekanligini aytib o'tgan.