P. Shmeyxel: "Agar Kasper MYUga o'tsa - bu fantastika bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017, 20:14
"Manchester Yunayted" sobiq posboni Peter Shmeyxel o'g'li Kasper Shmeyxelning "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Agar Kasper MYUga o'tsa bu tush bo'lardi. Ota sifatida betaraf bo'lishga harakat qilaman, ammo Kasper yuqori darajada o'ynay olishini isbotladi deb o'ylayman.
U ilk marotaba Premer-ligada o'ynagan paytida, unda shubhalar bor edi. Ammo Chempionlar ligasida ishtirok etgan o'g'lim, haqiqatdan ham yaxshi posbonligini isbotladi. Agar Kaspyerda MYUga o'tish imkoniyati bo'lsa, bu fantastika bo'lardi" - deydi Shmeyxel.
30 yoshli Shmeyxel va "Lseter Siti" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal