O'zilning agenti: "Noyer, Kroos va Myuller sodda yoki intrigachi"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 12:10
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zilning agenti Erkut Sogut Germaniya terma jamoasining bazi vakillarini uning mijozi haqida aytgan so'zlariga izoh berdi.

Eslatib o'tamiz, O'zil JCH-2018dan oldin Turkiya prezidenti bilan suratga tushgan edi. Mundialdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng nemis matbuoti jamoaning omadsizligida Mesutni aybladi. Natijada O'zil terma jamoadan ketdi.

"Noyerning so'zlariga ko'ra, Mesutni Germaniya terma jamoasi futbolkasini kiyib o'ynashdan faxrlanmaydi. Myuller masalani to'liq tushungani yo'q, Kroos esa "nonsens" so'zi ostida nima demoqchi ekanligini tushuntirish berishi kerak edi. Ular juda sodda yoki intrigachilar" - deydi agent.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 11 Freunde