Ozil JCH-2018ni o'tkazib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil Avstriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (1:2) tizzasidan jarohat oldi.

29 yoshli futbolchi 4 kundan buyon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmayapti. Ozil faqat trenajern zalida ishlamoqda.

Arsenal futbolchisi 8 iyun kungi Saudiya Arabistoni bilan bo'ladigan bahsni o'tkazib yuborishi aniq.

Ozilning JCH-2018 birinchi turi doirasida 17 iyun kuni bo'ladigan Meksikaga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de