O'zil faoliyatini "Istanbul Bashakshexir"da davom ettirishi mumkin

Alisher
12 iyul 2022
Yarim himoyachi Mesut O'zil "Istanbul Bashakshexir"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Patrik Bergerning xabariga ko'ra, 33 yoshli nemisning turk klubiga transferi yakunlanish arafasida.

Oldinroq, "Fenerbaxche" jamoada 2021 yilning yanvaridan beri o'ynagan O'zil bilan shartnomani bekor qilgan edi.

Xavbek o'tgan mavsum klub safida 25ta o'yinda 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport1