O'zbekiston futzal termasining JCH uchun qaydnomasi ma'lum!

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024, 15:10
O'zbekiston futzal terma jamoasining yurtimiz mezbonlik qiladigan mundial uchun tarkibi aniq bo'lib ulgurdi.

Bosh murabbiy Xose Venansio Lopes 14 nafar futzalchini tanlab oldi.

Darvozabonlar: 1.Sunnat Anvarov ("Bunyodkor"), 12.Abbos Elmurodov (BMB).

O'yinchilar: 2.Fazliddin Botirov (OKMK), 3.Mashrab Odilov (BMB), 4.Ixtiyor Ropiev ("Oil Star"), 5.Muzaffar Ahadjonov (BMB), 6.Ilhom Hamroev ("Oil Star"), 7.Dilshod Rahmatov ("Oil Star"), 8.Husniddin Nishonov ("Oil Star"), 9.Elbek To'lqinov (OKMK), 10.Akbar Usmonov (BMB), 11.Abror Axmetzyanov (OKMK), 13.Mehroj Xudoyberdiev ("Dinamo"), 14.Samariddin Berkinov ("Dinamo").

Davron Choriev, Ravshan Eliboev, Anasxon Rahmatov va Sunnatilla Jo'raev jarohat tufayli tarkibdan tushib qoldi.

Ma'lumot o'rnida, JCH 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar davom etadi. O'zbekiston 14 sentyabr kuni ilk turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia