O'zbekistonlik hakamlar U-20 Osiyo Kubogi uchrashuvini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025
Xitoyda 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi qizg'in pallaga kirgan.

Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik hakam va instruktorlar ham faoliyat olib bormoqda.

Bugun, soat 14:15 da boshlanadigan Tailand – Janubiy Koreya uchrashuvini Asker Najafaliev bosh hakam sifatida boshqaradi, Ruslan Serazitdinov esa qanot hakami sifatida ishlaydi.

Shuningdek, tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko ushbu musobaqada instruktor sifatida faoliyat olib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази