

"Hakamlarimiz Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Doha shahriga yetib bordi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Qatar yashil maydonlarida 2024 yil 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadigan Osiyoning eng yirik turniri bo'lmish Osiyo Kubogi bahslarida ishlash uchun 4 nafar o'zbekistonlik hakam tayinlov olgan edi. Biroz avval bosh hakamlarimiz Ahrol Risqullaev hamda Ilgiz Tantashev, shuningdek, yordamchi hakamlarimiz Timur Gaynullin hamda Andrey Sapenko Qatar poytaxti Doha shahriga yetib borishdi", – deyiladi xabarda.



