O'zbekistonda ilk marotaba xalqaro kiberfutbol turniri bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2016, 16:43
O'zbekistonda ilk marotaba kiberfutbol bo'yicha (FIFA16) xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi.

"Xalqlar do'stligi Kubogi - MDH 2016" (Kubok Drujby Narodov - SNG 2016) deb nom olgan ushbu turnir 8-10 aprel kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi. Musobaqa "Playstation 4" platformasida o'tkaziladi va unda O'zbekiston, Ukraina va Rossiyaning eng yaxshi o'yinchilari ishtirok etadi. Ularning orasida - Maksim Plaxov ("Tiko"), Evgeniy Mostovik ("Yozhyk"), Abdusapi Qayumov ("Abdusapi_Legend") va Robert Faxretdinov ("Ufenok") ishtirok etadi.


Eslatib o'tamiz, turnirda jami 32 nafar o'yinchi qatnashadi.

Shu bilan birga turnirda onlayn-translyatsiya bo'ladi va uni ko'pchilikka mashhur bo'lgan Dmitriy Gorodkov ("Dimchen") sharhlab boradi. O'yinlarni ushbu kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://www.twitch.tv/dimchen


Qur'a tashlash marosimi 8 aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia