
Turkiyada bo'lib jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan O'zbekiston muxlislar klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilovning xabariga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'tirgan havo kemasi 7 iyuldan 8 iyulga o'tar kechasi tunggi soat 01:40da Toshkentga qo'nadi.
Dunyoning eng kuchli 8 jamoasi orasiga kira olgan yoshlarimizni munosib kutib olaylik! Barchani tunda Toshkent Xalqaro Aeroportiga taklif qilamiz. Vatan uchun o'ynagan yigitlarimiz uchun bir kun uyqudan kechsak hech nima qilmaydi.